Tadqiqot haqida

RAQAMLI TA’LIMDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA TA’LIM JARAYONINI BAHOLASH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya · 2025

Tadqiqotchi

Samatova Muborak Kaxxorovna

Pedagogika, psixologiya va sport kafedrasi o‘qituvchisi, Buxoro innovatsiyalar universiteti

Ilmiy rahbar

Nurumbekova Yarkinoy Anarmatovna

pedagogika fanlari doktori (PhD)

Ixtisoslik

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Tadqiqot maqsadi, obyekti va predmeti

Dissertatsiya tadqiqotining asosiy metodologik tavsifi

Maqsad

Raqamli ta’limda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ta’lim jarayonini baholash kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Obyekt

Raqamli ta’limda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ta’lim jarayonini baholash kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni. Tajriba-sinov ishlariga Buxoro davlat pedagogika instituti, Andijon davlat pedagogika instituti va Guliston davlat universitetining jami 435 nafar talabasi jalb etilgan.

Predmet

Raqamli ta’limda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ta’lim jarayonini baholash kompetensiyalarini rivojlantirishning shakl, metod va vositalari.

Tadqiqot vazifalari

1

Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ta’lim jarayonini baholash kompetensiyalarini rivojlantirishni ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash, pedagogik va psixologik xususiyatlarini tahlil qilish.

2

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash.

3

Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ta’lim jarayonini baholash kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish.

4

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ta’lim jarayonini baholash kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini aniqlash.

Ilmiy yangiligi

Baholash kompetensiyalarini rivojlantirish modeli pedagogik vaziyatlarga asoslangan integrativ ta’limning shaxsga yo‘naltirilganlik darajasini oshirish hamda xalqaro tajribalar asosida talabalar savodxonligi rivojlanganlik dinamikasini tatbiq qilish va baholash kompetensiyalari tushunchalarini adaptiv optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
Ta’limni individuallashtirish va meta-predmetli texnologiyalar orqali o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi sinxron va asinxron o‘zaro aloqa uchun gibrid ta’lim asosida raqamli ta’lim resurslarining pedagogik salohiyatini dinamik oshirish.
Raqamli ta’lim muhitidagi faoliyatni hisobga olgan holda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ko‘p tarmoqli metodik kompetentligining tuzilishi va mazmunli tarkibiy qismlari aniqlangan.
Motivatsion-qadriyat, refleksiv-baholash, kognitiv-faollik komponentlari hamda gnostik, konstruktiv, kommunikativ va tashkiliy kompetensiyalarni shakllantirgan holda bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik o‘zini o‘zi rivojlantirish natijasi takomillashtirilgan.

Dissertatsiya tuzilishi

Platformadagi darslar ushbu boblar asosida tuzilgan

I bob. Raqamli ta’limda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ta’lim jarayonini baholash kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari
  • 1.1. Baholash kompetensiyalarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zarurati
  • 1.2. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik kompetentligi tuzilishi va komponentlari
  • 1.3. Metodik kompetentlikni shakllantirishda OTM raqamli ta’lim muhitining o‘ziga xos xususiyatlari
II bob. Raqamli ta’limda baholash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik asoslari
  • 2.1. Baholash kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni
  • 2.2. Baholash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik modeli
  • 2.3. Kasbiy-pedagogik kompetensiyalarni baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
III bob. Baholash kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi
  • 3.1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi
  • 3.2. Tajriba-sinov ishlari natijalari va statistik tahlili

Tajriba-sinov ishlari natijalari

Buxoro DPI, Andijon DPI va Guliston DU — jami 435 nafar talaba (218 tajriba, 217 nazorat guruhi)

Aniqlovchi bosqich

Talabalarning baholash kompetensiyasi dastlabki darajasi aniqlandi; tajriba va nazorat guruhlari tanlandi.

Shakllantiruvchi bosqich

Meta-fan ta’lim texnologiyalari, “Flipped learning” va raqamli vositalar asosidagi model joriy etildi.

Yakunlovchi bosqich

Yakuniy diagnostika o‘tkazildi, natijalar matematik-statistik (χ²) tahlil qilindi.

Daraja bo‘yicha taqsimot

Tajriba (218)20,6%
Nazorat (217)10,1%
Buxoro DPI · T21,1%
Buxoro DPI · N10,1%
Andijon DPI · T21,6%
Andijon DPI · N10,5%
Guliston DU · T19,2%
Guliston DU · N9,7%
YuqoriO‘rtaPastT — tajriba, N — nazorat guruhi
OTMGuruhTalabalarYuqoriO‘rtaPast
Buxoro DPITajriba7121,1%62%16,9%
Nazorat6910,1%30,4%59,4%
Andijon DPITajriba7421,6%58,1%20,3%
Nazorat7610,5%28,9%60,5%
Guliston DUTajriba7319,2%57,5%23,3%
Nazorat729,7%27,8%62,5%
JamiTajriba21820,6%59,2%20,2%
Nazorat21710,1%29%60,8%
Statistik tahlil (tajriba boshi)Reproduktiv mezon bo‘yicha n₁ = 218, n₂ = 217 uchun χ²kuzatuv = 0,08 < χ²kritik = 5,99 (S = 3). H₀ gipotezani rad etishga asos yo‘q — guruhlar darajasi tajriba boshida bir xil bo‘lgan.
Xulosa (tajriba oxiri)Tajriba guruhida yuqori daraja 7,8% → 20,6%, o‘rta daraja 21,1% → 59,2% ga oshdi, past daraja 71,1% → 20,2% ga kamaydi. Nazorat guruhida past daraja 60,8% bo‘lib qoldi — bu taklif etilgan modelning samaradorligini ko‘rsatadi.

Tavsiyalar

Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar

1

Moodle, Google Classroom, Edmodo, Microsoft Teams kabi raqamli ta’lim platformalarida baholash turlarini qo‘llash, avtomatik testlar va interaktiv viktorinalar orqali baholashni tashkil etish.

2

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlarini aniq belgilash va reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchan va kreativ darajalar bo‘yicha baholashni raqamli muhitda tashkil etish.

3

Formativ va summativ baholash usullarini uyg‘unlashtirish: formativ baholashda “peer assessment” va “self-assessment” imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yish, summativ baholashda test, esse, taqdimot va virtual loyihalardan foydalanish.

4

Bilimlarni videodarslar, podkastlar va simulyatorlar asosida tayyorlangan onlayn mashqlar orqali baholash.

5

“Digital Assessment Tools” mavzusida maxsus seminar-treninglar tashkil etish.