Yordam

Platformadan foydalanish bo‘yicha qisqa yo‘riqnoma va ko‘p beriladigan savollar.

Talabalar uchun: 7 qadam

1-qadam

Ro‘yxatdan o‘ting

Ism-familiya, e-pochta va parol kiriting. O‘qituvchingiz guruh kodini bergan bo‘lsa, uni ham yozing.

2-qadam

Diagnostikadan o‘ting

12 ta mulohazaga 1–5 ball bering. Natija kompetensiyangizning kuchli va zaif tomonlarini ko‘rsatadi.

3-qadam

Darslarni o‘qing

Har bir dars oxirida “O‘qildi” tugmasini bosing va 6 savollik mavzu testini topshiring.

4-qadam

Mashqlarni bajaring

Kamida 6 ta mashq. Har biridan so‘ng natija va izoh darhol ko‘rinadi.

5-qadam

Simulyatorda baholang

Kamida 3 ta virtual sinfda o‘quvchi ishlarini rubrika bo‘yicha baholang.

6-qadam

Yakuniy test

20 ta savol, 25 daqiqa. Kamida 70% — sertifikat ochiladi.

7-qadam

Sertifikat oling

Ismingizni tekshiring va sertifikatni PDF qilib saqlang yoki chop eting. Sertifikat raqami orqali haqiqiyligini tekshirish mumkin.

Eng oddiy yo‘l: “Mening sahifam”dagi ko‘k blokda doim keyingi qadam ko‘rsatiladi. Shu tugmani bosib borsangiz, kursni boshidan oxirigacha adashmasdan o‘tasiz.

O‘qituvchilar uchun

1. Guruh yarating

“O‘qituvchi paneli” → “Yangi guruh”. Tizim 6 belgili kod beradi.

2. Kodni ulashing

Talabalar ro‘yxatdan o‘tishda yoki “Profil”da kodni kiritadi. Tayyor havolani ham nusxalab yuborish mumkin.

3. Natijalarni kuzating

Guruh jadvalida har bir talabaning darslari, testlari, mashqlari va diagnostikasi ko‘rinadi; CSV’ga yuklab olish mumkin.

O‘qituvchi huquqini administrator beradi. Agar sizda “O‘qituvchi paneli” ko‘rinmasa, administratorga murojaat qiling.

Ko‘p beriladigan savollar

Platformadan qanday foydalanaman?
Ro‘yxatdan o‘ting va “Mening sahifam”dagi qadamlarni ketma-ket bajaring: diagnostika → darslar → mashqlar → simulyatorlar → yakuniy test → sertifikat. Har doim “Davom ettirish” tugmasi keyingi qadamga olib boradi.
Natijalarim qayerda saqlanadi?
Barcha natijalar akkauntingizga bog‘langan holda serverda saqlanadi. Istalgan qurilmadan kirib davom ettirishingiz mumkin.
Guruh kodi nima?
O‘qituvchingiz bergan 6 belgili kod. Uni ro‘yxatdan o‘tishda yoki “Profil” sahifasida kiritsangiz, o‘qituvchi natijalaringizni ko‘ra oladi.
Sertifikat olish shartlari qanday?
Barcha darslarni o‘qib chiqish, yakuniy testdan kamida 70% to‘plash, kamida 6 ta amaliy mashq va 3 ta simulyatorni bajarish lozim.
Testni qayta topshirsa bo‘ladimi?
Ha, cheklovsiz. Hisobda eng yaxshi natijangiz olinadi.
Parolimni unutdim, nima qilaman?
“Parolni unutdingizmi?” havolasidan foydalaning. Agar xat kelmasa, o‘qituvchingiz yoki administratorga murojaat qiling — ular yangi vaqtinchalik parol o‘rnatib beradi.

Bog‘lanish

Buxoro innovatsiyalar universiteti
Pedagogika, psixologiya va sport kafedrasi
Samatova Muborak Kaxxorovna

Savollar bo‘yicha o‘qituvchingizga murojaat qiling.